
PSJ bu mavsumda Fransiya Kubok va Superkubogi, mamlakat chempionati va Fransiya liga Kubogida g'alaba qozondi.
"Fransiya Kubogi finalida nimani eslab qoldim? PSJ g'alaba qozonganini. Yomon emas, to'g'rimi? O'yinni tahlil qilishni istamayman. Asosiysi - biz sovrinni qo'lga kiritdik. O'yinni yaxshi o'tkazgan "Oser"ni ham tabriklayman.
PSJ bir mavsumda 4ta sovrin qo'lga kiritganidan faxrlanaman. Ammo juda qiyin bo'ldi" - deydi Blan.