"Manchester Siti"ga emas, o'z o'yinimizga e'tibor qaratishimiz kerak". Maguayr "Manchester Siti"ga qarshi o'yin haqida

Aziz Tukhtamuradov
28 okt 2023, 09:13
"Manchester Yunayted" futbolchisi Garri Maguayr "Manchester Siti"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Oldimizda qiyin sinov turganini bilamiz. Ammo bor e'tiborimizni "Manchester Siti"ga qaratib yubormasligimiz kerak. Ko'proq o'z o'yinimiz haqida o'ylashimiz lozim. Agar o'z imkoniyatimiz darajasida o'ynay olsak, bizda muvaffaqiyatga erishish uchun imkon bo'ladi. 

Bu uchrashuv - katta voqelik. "Old Trafford"da ajoyib muhit bo'ladi, muxlislarimiz ham doimgidek oldinga chorlashadi. Biz sifatli o'yin ko'rsatib, yaxshi natija ko'rsatishga harakat qilamiz", - dedi Maguayr.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: manutd.com