Birinchi liga yakuni. Eng ko'p gol urgan “Andijon” haqida

8 noya 2013, 19:20
Birinchi liganing ikkinchi bosqich yakunlariga bag'ishlangan statistik materillarimizni berishda davom etamiz.
Bu gal “Mashal” kabi oliy ligaga bir yillik tanaffusdan so'ng yo'l olgan “Andijon”ga to'xtalib o'tamiz.

“Burgutlar”  yil boshida o'z oldiga yana kuchlilar safiga chiqishni asosiy vazifa sifatida qo'ygandi. Buni ular chempionatni 2-o'rinda egallagan xolda uddaladi. Azamat Abduraimov jamoasi ikkinchi ikkkinchi bosqqichni boshqalarga nisbatan ijobiy o'tkazdi deyish mumkin. Sababi jamoa o'z maydonida bo'lib o'tgan 8ta uchrashuvning 7tasida g'alabaga erishdi. Bitta o'yinda asosiy raqib bo'lmish “Mashal”ga imkoniyatni boy berdi.

Safardagi o'yinlarda esa eng ko'p muvaffaqiyat qozongan jamoa “Andijon” bo'ldi. Bu jamoa o'tkazilgan 8ta o'yinning 6tasida o'z hisobiga uch ochkodan yozib qo'ydi. “Mashal” bilan “Zarafshon-NCZ”ga imkoniyatni boy berdi.

Ikkinchi bosqich uchrashuvlarida jamoa darvozasini asosan huquqiy jihatdan “Paxtakor”ga tegishli bo'lgan Akmal Tursunboev va Sergey Smorodin qo'riqladi. Ortda qolgan 16ta bahsda yosh posbonlar jami 12ta to'p o'tkazib yubordi. Uyda 4ta, mehmonda esa 8ta. Shuningdek “Andijon”ning 19 yoshli golkiperlari 7ta o'yinda o'z darvozalari dalsizligini saqlab qoldi.

Mavsumning ikkinchi qismida eng ko'p gol urgan jamoa bu “Andijon” bo'ldi. Lochin Soliev boshchiligidagi hujumchilar sermahsullik ko'rsatib, boshqalarga o'rnak bo'ldi. “Burgutlar”ning umumiy gollari soni, 47tani tashkil etdi. Ularning 34tasi uydagi uchrashuvlarda kiritilgan bo'lsa, qolgan 13 gol mehmondagi bahslarda sodir bo'ldi.

Ikkinchi bosqichda jamoaning eng yirik hisobdagi g'alabasi 7:0 bo'ldi! Aksincha eng yirik mag'lubiyati 1:3 bo'ldi. Bu natijalarning ikkisi ham “Zarafshon-NCZ”ga qarshi kechgan o'yinlarda sodir bo'lgani e'tiborga molikdir. 

Kim qancha gol urdi?

Futbolchi


Gol

(pen)

Lochin Soliev


10

(1)

Alisher To'xtasinov


9


Bahrom Abdurahimov


7


Akmal Jo'raboev


5


Rasul Raxmonov


4


Asqar Jadigerov


3


Sardor Soibov


3

(2)

Davron Tursunov


2


Andrey Sidorov


1


G'iyos Komilov


1


Jamoa statistikasi

Barcha o'yinlar

16

Gollar

47

Uyda

34 (72,34%)

Mehmonda

13 (27,66%)

O'tkazib yuborilgan gollar

12

Uyda

4 (33,33%)

Mehmonda

8 (66,67%)

O'rtacha urilgan gol

2,94

Har bir o'yinda o'rtacha o'tkazib yuborilgan gol

0,75

Uyda to'plangan ochkolar

21/24 (87,5 %)

Mehmonda to'plangan ochkolar

18/24 (75 %)

Eng yirik g'alaba

7:0 - “Zarafshon-NCZ”

Eng yirik mag'lubiyat

1:3 - “Zarafshon-NCZ”

Gol o'tkazilmagan o'yinlar

7 (43,75%)

Golsiz o'yinlar

1 (6,25%)

Irodali g'alaba

3

Irodali durang

0

Irodasiz mag'lubiyat

0

Iroadasiz durang

0

Yirik g'alaba

6

Yirik mag'lubiyat

0

Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)

2/1

Sariq kartochkalar (o'rtacha)

36 (2,25)

Qizil kartochkalar (o'rtacha) 

2 (0,12)

Tomoshabin (umumiy/o'rtacha)

21528/1346

Islombek Rustambekov tayyorladi


Manba: championat.asia