Birinchi bosqichning yakuniy statistikasi

Narzulla Saydullayev
23 avg 2018, 12:06
O'zbekiston Superligasining birinchi bosqichi ham o'z nihoyasiga etdi. 22ta turdan so'ng 12ta klub ikki guruhga bo'linadi.

Kuchli oltilik chempionlik uchun, quyidagi oltilik esa Superligada qolish uchun kurashadi. Biz o'quvchilarimiz e'tiboriga dastlabki davraning statistikasini taqdim etamiz.


Birinchi bosqich yakunlari raqamlarda

Bu mavsumda 132ta o'yin o'tkazildi.  Darvozalarga  299ta to'p kiritildi (o'rtacha har bir o'yinga 2,27tadan to'p to'g'ri keladi).

Navbahor, Paxtakor va Lokomotiv o'z maydonda mag'lub bo'lishmadi. Faqatgina Neftchi safarda umuman g'alabaga erisha olmadi.

Navbahor o'z maydonida darvozasidan eng kam to'p o'tkazib yuborgan – 2ta. Nasaf esa o'z maydonida darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan – 15ta.

Paxtakor safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng kam – 8ta to'p o'tkazib yuborgan. Buxoro safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng ko'p – 21ta to'p olib chiqqan.  

 
Paxtakor o'z maydonida eng ko'p to'p kiritgan – 22ta. Neftchi o'z uyida eng kam, 6ta gol urgan.

Bunyodkor safar uchrashuvlarida eng ko'p to'p kiritgan – 15ta. Neftchi safar uchrashuvlarida ham eng kam to'p kiritgan – 6ta.

Navbahor va Paxtakor o'z maydonida eng ko'p ochkoni qo'lga kiritgan – 29ta. Neftchi, Qizilqum va So'g'diyonao'z maydonida eng kam ochko yiqqan – 9tadan.

Safar uchrashuvlarida sherlar eng ko'p ochkoni qo'lga kiritishgan – 18ta. Neftchi safar uchrashuvlarida eng kam ochkoni qo'lga kiritgan – 6ta.

Birinchi bosqichda urilgan 299ta goldan 177tasi (59, 2%) mezbonlar, 122 (40,8%) mehmonlar hisobiga yozildi.  

Bo'lib o'tgan 132 uchrashuvning  64tasida (48,48%) maydon egalari, 36tasida (27,27%) mehmonlar zafar quchishgan.  32 o'yinda (24,24%) esa tomonlar murosa ko'chasini tanlaganlar.


22ta tur davomida futbolchilar jami 493 bor sariq kartochka bilan jazolandilar (o'rtacha har bir o'yinga 3,73tadan kartochka to'g'ri keladi). 22 marta futbolchilarga qizil kartochka ko'rsatildi (o'rtacha har bir o'yinga 0,17tadan chetlatish to'g'ri keladi).

Uchrashuv hakamlari 48 marta 11 metrlik belgini ko'rsatishdi. 40 holatda (83,33%) to'p darvozaga kiritildi. 8 vaziyatda esa to'p darvozaga “kirishni” xohlamagan.

Birinchi bosqichda 10ta avtogol qayd etildi. Akmal Xolmurodov (So'g'diyona), Tomislav Payovich (Navbahor) , Abdujamol Isroilov  (Neftchi), Aleksandr Merzlyakov (Qo'qon-1912), Asilbek Omonov (Buxoro), Nemanya Yovanovich (Qizilqum), Igor Golban (Nasaf), G'iyosjon Komilov (Qo'qon-1912), Kaxi Maxardze (Lokomotiv), Marko Milich (Qo'qon-1912) o'z darvozalariga to'p kiritib qo'yishdi.

Dastlabki bosqichda 13ta dubl qayd etildi. 10 futbolchi bir uchrashuvda ikki marta gol urishdi. Ismoil Gonsalvesh (Paxtakor) 3 marta, Shahzodbek Nurmatov (Bunyodkor) 2 marta dublga erishdi. Marat Bikmaev (Lokomotiv), Yovan Jokich (AGMK), Javlon Ibrohimov (Bunyodkor), Javlon Ibrohimov (Bunyodkor), Javlon Ibrohimov (Bunyodkor), Islombek Isoqjonov (Metallurg), Arslonmurod Omonov (Buxoro),  Filip Rayevac (Bunyodkor), Sardor Rashidov (Lokomotiv) va Murod Xolmuhammedov (Qo'qon-1912) esa bunday natijaga bir marta erishishdi.


To'rt futbolchi bir uchrashuvda uch marta gol urishgan. Elguja Grigalashvili (Qizilqum), Azamat Allaniyozov (Navbahor), Marat Bikmaev  (Lokomotiv) va Ismoil Gonsalvesh (Paxtakor)  bu mavsumda xet-trik qayd etishdi.

Bellashuvlarini jami 1252793 muxlis bevosita o'yingohlarda tomosha qildi. (O'rtacha har bir o'yinga 9491 to'g'ri keladi).

Eng ko'p tomoshabin Navbahor – Lokomotiv uchrashuviga tashrif buyurdi – 25300. Eng kam tomoshabin esa Bunyodkor – So'g'diyona uchrashuviga borgan – 527 nafar.

Muxlislar to'plash borasida Paxtakor jamoasi peshqadamlikni qo'lga kiritdi – 276040. Navbahor 274928 ko'rsatkich bilan ikkinchi bo'ldi. Buxoro esa 266998 natija bilan uchinchi o'rinni band etdi. So'g'diyona o'yinlariga esa eng kam tomoshabin kelgan – 158115.


Navbhor jamoasi o'z maydonida ham eng ko'p ishqiboz to'plagan – 176503. Lokomotiv bu borada eng past ko'rsatkichga ega bo'ldi – 56725.

Safar o'yinlarida Bunyodkor jamoasining (138511) muxlisi ko'p. Safarda Qizilqumning muxlislari eng oz – 81996.

Birinchi bosqichdagi 132 uchrashuvidan 15tasida yirik hisob qayd etildi. Paxtakor eng ko'p 4ta yirik hisobdagi g'alabaga erishdi. Chempionatning eng yirik hisobi Metallurg – Paxtakor (hisob – 0:5, 7-tur) uchrashuvida qayd etildi.

Bo'lib o'tgan 132 uchrashuv 13xil natija bilan yakunlandi. 1:0 hisobi eng ko'p – 30 marta, 2:1 – 24 marta, 2:0 – 16 marta, 1:1 – 14 marta, 0:0 – 13 marta, 3:0 va 3:1 – 11 martadan, 2:2 – 5 marta, 3:2 – 3 marta, 4:1 – 2 marta, 5:0, 4:2 va 4:0 - 1 martadan uchradi.  
 

Birinchi bosqich seriyalari

Eng uzun seriyalar – Jamoalar


G'alabali seriya – Bunyodkor - 5 uchrashuv
Mag'lubiyatsiz seriya – Paxtakor - 13 uchrashuv
Durangli seriya – Qo'qon-1912 - 4 uchrashuv
Durangsiz seriya – Buxoro - 13 uchrashuv
G'alabasiz seriya – Neftchi - 19 uchrashuv
Mag'lubiyatli seriya – Neftchi - 5 uchrashuv
Golli seriya – Navbahor - 13 uchrashuv
Golsiz seriya – Neftchi va Buxoro - 4 uchrashuv
Gol o'tkazib yuborish bo'yicha seriya – Bunyodkor - 9 uchrashuv
Quruq seriya – Nasaf - Navbahor - 5 uchrashuv
Yirik g'alabali seriya - Navbahor - 2 uchrashuv
Yirik mag'lubiyatli seriya – Nasaf - 2 uchrashuv
Yirik g'alabasiz seriya – Neftchi, Nasaf va Metallurg - 22 uchrashuv
Yirik mag'lubiyatsiz seriya – Bunyodkor, Paxtakor,  Navbahor va Lokomotiv -  22 uchrashuv
Chetlatishli seriya - Lokomotiv - 2 uchrashuv
Chetlatishsiz seriya – Paxtakor va Metallurg - 22 uchrashuv

Eng uzun seriyalar – Futbolchilar
 
Golli seriya – Islombek Isoqjonov (Metallurg) 4 uchrashuv 5ta gol, Zohid Abdullaev (Metallurg) 4 uchrashuv 4ta gol
Quruq seriya (darvozabon) – Botirali Ergashev (Navbahor) 4 uchrashuv 495 daqiqa.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia