Bir necha kun oldin qamoqdan chiqqan futbolchi "Zenit"da tibbiy ko'rikdan o'tdi, ammo...

Aslanov Jasurbek
21 sen 2019, 13:42
"Zenit" transfer oynasi yopiqligi tufayli Aleksandr Kokorinni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi.

Bu haqda RFI (Rossiya futbol ittifoqi) ma'lum qildi. Futbolchi keyingi ro'yxatdan o'tish muddatida qaydnomaga kiritilishi mumkin.

"Zenit" bosh murabbiyi Sergey Semak RFIning Kokorin bo'yicha qarorini tanqid qildi.

"Futbol rahbariyatining Kokorinni ro'yxatdan o'tkazmaslik qaroridan so'ng hissiyotlarni jilovlash qiyin, ularga yana bir bor qarsak chalging keladi. Jazosini o'tab chiqqan Kokorinni yana 5 oy futbolsiz qoldirishdi.

"Ma'lum bo'lishicha, Sasha nafaqat jamiyat, balki futbolimiz uchun ham xavfli ekan" - deb yozdi Semak "Instagram"da.

Biroq ayni damda o'sha post yo'q. Akkauntda yangi ma'lumot paydo bo'ldi.

"O'chirilgan post uchun kechirim so'rayman, ma'lumot jiddiy o'rganib chiqilishi kerak" - deyildi keyingi postda.


20 sentyabr kuni Kokorin "Zenit"da tibbiy ko'rikdan o'tib, individual programma bo'yicha mashg'ulotlarni boshlab yuborgan edi.

Eslatib o'tamiz, 8 may kuni Moskvaning Presnen sudi aka-uka Kokorinlarga 1,5 yil, Mamaevga esa 1 yilu 5 oylik qamoq jazosi tayinlagan.  6 sentyabrda esa ular muddatidan avval ozodlikka chiqarildi.

Kokorin va Mamaev ozod etildi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-interfax.ru