Kokorin va Mamaev ozod etildi

Aslanov Jasurbek
6 sen 2019
Alekseev sudi futbolchilar Aleksandr Kokorin va Pavel Mamaevni shartli ravishda muddatidan avval ozodlikka chiqardi.

Ular bilan birga qamalgan Kokorinning ukasi ham qamoqdan chiqdi.

Sud sportchilarning shartli ravishda muddatidan avval ozodlikka chiqish iltimosnomasini ko'rib chiqdi.

Davlat ijro qo'mitasi direktor o'rinbosari Valeriy Maksimenkoning so'zlariga ko'ra, futbolchilar panjara ortida sog'lom hayot tarziga katta xissa qo'shib, qamoqda o'zlarini yaxshi tutishgan.

Ular tufayli qamoqxonada sport maydonlari, turniklar yaratildi, sport inventarlari sotib olindi. Shu bilan birga Kokorin va Mamaev qamalishidan oldin faqat chekish va bekorchilik bilan shug'ullangan mahbuslar sog'lom hayot tarzini tanlashdi. Ular orasida mayda qoidabuzarliklar kamayib, tartib kuchaydi.

"Kokorin va Mamaev hammasini tushunib yetishdi, ular hozir umuman boshqa odamga aylanishgan. Yigitlarni qo'yib yuborish vaqti keldi" - deydi Maksimenko.

Eslatib o'tamiz, 8 may kuni Moskvaning Presnen sudi aka-uka Kokorinlarga 1,5 yil, Mamaevga esa 1 yilu 5 oylik qamoq jazosi tayinlagan edi.

VIDEO  Kokorin va Mamaev hujumining to'liq videosi paydo bo'ldi


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com