

Ma'lumotlarga ko'ra, mutaxassisning Ispaniya terma jamoasidagi kelajagi so'roq ostida - uni bugunoq jamoadan chetlatishlari mumkin.
Rubialesning fikricha, JCHdan oldin qarorni e'lon qilish sotqinlik. U Krasnodarga yetib borishidan avval Lopetegidan iste'fo so'ragan, biroq tashkilotning boshqa a'zolari uni to'xtatib qolgan.
Bugun Toshkent vaqti bilan 13:30da Lopetegi va Rubiales "Krasnodar" bazasida matbuot-anjumani o'tkazadi. Unda mutaxassis iste'foga chiqarilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, kecha Lopetegi JCH-2018dan so'ng "Real"ni boshqarishi e'lon qilingan edi.



