Bilich: "Agar takroriy lavhalardan foydalanilsa, hakamlar grandlarga yon bosmaydi"

Aslanov Jasurbek
26 sen 2015, 11:41
"Vest Xem" bosh murabbiyi Slaven Bilich takroriy videolavhalar haqida fikr bildirdi.

"Qarorlar doimo grandlar foydasiga qabul qilinadi. Bu atayin qilidani deb o'ylamayman, ammo bu narsa hamma yerda - Xorvatiyada, Ispaniyada, Germaniyada va Turkiyada bor. Klub qancha yirik bo'lmasin, bosim ham shuncha katta bo'ladi. Agar grandga penalti berilmasa, katta mojaro bo'ladi. Agar penalti oddiy klubga berilmasa - bu haqida deyarli hech kim bilmay qoladi.

Hakamlar jismonan maydondagi barcha voqealarni kuzata olmaydi. Shu sababli, vaziyatni aniqlash va takroriy lavhani ko'rish uchun o'yinni bir necha soniyaga to'xtatish kerak" - deydi Bilich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com