Bilasizmi? "Olmaliq" o'z maydonida birinchi marta gol o'tkazdi

Xayrulla Xoliqov
7 avg 2017, 11:49
Oliy liganing 16-turidan o'rin olgan "Olmaliq" - "Buxoro" uchrashuvi 1:1 hisobida yakun topdi.

Bu o'yin "Olmaliq" uchun o'z maydonidagi 8-uchrashuv bo'ldi. Jamoa avvalgi ettita bahsda o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormagandi. Ammo "Buxoro" bilan kechgan uchrashuvda bu ananaga barham berildi. 70-daqiqada "Buxoro" hujumchisi Ivan Nagaev "Olmaliq" darvozasiga to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. 

Natijada "Olmaliq" bu yil hisobidan o'z darvozasidan dastlabki golni o'tkazib yubordi. Viktor Kumikov shogirdlari bungacha uyda "Bunyodkor", "Nasaf", "Qizilqum", "Dinamo", "Metallurg", "Paxtakor", "Qo'qon-1912" klublariga qarshi maydonga tushib o'z darvozalari daxlsizligini saqlab kelishayotgandi. 

X.Xoliqov


O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia