Bilasizmi? Bu mavsum "Surxon" darvozasiga penalti tepilmadi, "Bunyodkor" va "Paxtakor" 9tadan penalti tepdi

Narzulla Saydullayev
7 dek 2019, 12:04
2019 yilgi Superliga bahslari yakuniga bag'ishlangan statistik ma'lumotlarni taqdim etishni davom ettiramiz.

Bu mavsum O'zbekiston chempionatida eng ko'p penalti tepgan klublar "Bunyodkor" va "Paxtakor" bo'ldi. Toshkent jamoalari 9tadan penalti tepishdi va 8tadan gol urishdi.

AGMK penaltini noaniq amalga oshirish borasida chempion bo'ldi. Olmaliqliklar 7ta penaltidan 3tasida gol ura olishmadi.

Eng kam penalti tepgan klublar "Nasaf" va "Andijon" bo'ldi. Bu jamoalar bittadan 11 metrli jarima to'pini amalga oshirishdi.


Penalti tepildiGol urildiFoizKlub
9888,89 %BUNYODKOR
9888,89 %PAXTAKOR
7457,14 %AGMK
66100 %QO'QON-1912
66100 %METALLURG
44100 %QIZILQUM
4375 %NAVBAHOR
33100 %BUXORO
33100 %DINAMO
3266,67 %SURXON
2150 %LOKOMOTIV
2150 %SO'G'DIYONA
11100 %NASAF
11100 %ANDIJON




Darvozasiga penalti tepish borasida "Qizilqum" chempion bo'ldi. Hakamlar navoiyliklar darvozasiga jami 8 marta penalti belgilashdi.

Yakunlangan mavsumda Termizning "Surxon" klubi darvozasiga umuman penalti belgilanmadi.


Penalti tepishganGol urishganFoizKlub
8787,5 %QIZILQUM
77100 %QO'QON-1912
7571,43 %NAVBAHOR
66100 %ANDIJON
5480 %BUNYODKOR
44100 %LOKOMOTIV
44100 %AGMK
4375 %SO'G'DIYONA
4375 %BUXORO
4375 %DINAMO
3266,67 %NASAF
3266,67 %METALLURG
11100 %PAXTAKOR
000 %SURXON

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia