Beyl maydonda, Xames mashg'ulotlar zalida alohida shug'ullandi

3 noya 2019, 20:00
"Real" yarim himoyachilari Garet Beyl va Xames Rodriges "Galatasaroy"ga qarshi Chempionlar ligasi o'yinidan avval individual mashg'ulot o'tkazishdi.

30 yoshli uelslik bugun o'zi maydonda alohida shug'ullandi, 28 yoshli kolumbiyalik xavbek esa mashg'ulotlar zalida individual mashqlarni bajardi.

Joriy mavsum Beyl La Liganing 6 o'yinida 2 ta gol urgan bo'lsa, Xames 7 o'yinda 1 ta golga assistentlik qilgan.  

O'xshash yangiliklar


Manba: realmadrid.com