Beyjing Goan ustozi: Turanning transferi istalgan Xitoy klubi uchun yutuq bo'ladi

Narzulla Saydullayev
30 dek 2016, 09:05
Beyjing Goan ustozi Xose Gonsales Barselona yarim himoyachisi Arda Turan borasida o'z fikrlarini bildirdi.

Turanni qaysi klub sotib olsa ham, istalgan klub uchun yutuq bo'ladi.

Xitoyda hozir barcha top-futbolchilar, yarim himoyachilar va hujumchilarni qidirishmoqda. Bu yerda legionerlar limiti uchtani tashkil qiladi, darvozabon xitoylik bo'lishi shart, – deydi Gonsales.

Oldinroq Guanchjou Evergrand Turanga 3 yillik shartnoma va 50 million evro taklif qilgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sport.es