"Betis" 2005 yildan beri ilk bor Ispaniya Kubogi finaliga chiqdi va 23 aprelda "Valensiya" bilan o'ynaydi

Alisher
4 mar 2022, 13:00
"Betis" 2005 yildan beri ilk bor Ispaniya Kubogi final o'yinida ishtirok etadi.

Manuel Pellegrini jamoasi yarim finalda "Rayo Valekano" (3:2, ikki o'yin natijasiga ko'ra)ni mag'lub etdi va hal qiluvchi bahsda yo'lida "Atletik" (2:1, ikki o'yin natijasiga ko'ra)ni dog'da qoldirgan "Valensiya" bilan uchrashadi.

"Betis" 2005 yilda qo'shimcha daqiqalarda urilgan gol evaziga 2:1 hisobida "Osasuna"ni mag'lubiyatga uchratgan edi.

Ispaniya Kubogi finali 23 aprelda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar

AlisherMuallif
Manba: championat.asia