Bernardu Silva hech qaerga kyetmaydi. U "Siti" bilan shartnomani uzaytirmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
16 avg 2023, 18:15
Hozircha xayr, Saudiya Arabistoni.

Yarim himoyachi Bernardu Silva "Manchester Siti" bilan shartnoma muddatini uzaytiradi.

Takidlanishicha, tomonlar bu borada kelishib bo'lishgan. Zarur hujjatlar shu hafta oxirida imzolanishi kutilmoqda. Yangi kelishuv 2026 yilning yozigacha amal qiladi.

Silva o'tgan mavsum 54 ta o'yinda 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо