Bernardu "Barselona"ga o'tishni xohlayotganiga qaramay, transferni talab qilmaydi

Alisher
12 avg 2022, 16:28
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva yozgi transfer oynasida "Barselona"ga o'tish imkoniyatini saqlab turibdi.

Jurnalist Ben Jeykobsning xabariga ko'ra, 28 yoshli portugaliyalik transferga tayyor, ammo klublar bitim shartlari borasida kelishuvga erisha olmayapti.

Qayd etish kerakki, "shaharliklar" yarim himoyachini taxminan 65 million funtga sotishga tayyor.

Bernarduning o'zi esa Kataloniya klubiga o'tishni xohlayotganiga qaramay, transferni talab qilib, klubni hech narsaga majbur qilmaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/JacobsBen