

Oldinroq futbolchining agenti "Sassuolo" va "Yuventus" o'rtasida futbolchini yozda 25 mln. evroga xarid qilish borasida og'zaki kelishuv borligini aytgan edi, ammo ma'lumotlarga ko'ra, Berardining o'zi faoliyatini "Inter"da davom ettirmoqchi. Domeniko "Inter" muxlisi va Milanda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga ishonadi.
Berardi "Sassuolo" safida 4 mavsumda 108ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi va ushbu vaqt mobaynida 44ta gol urishga va 20ta golli pas berishga ulgurdi.



