"Yuventus"ga tegishli bo'lgan futbolchi Domeniko Berardining transfer huquqi to'liqligicha "Sassuolo"ga o'tdi.
Berardining transfer huquqining teng yarmi turinliklarga tegishli hisoblanardi. "Yuventus" ushbu huquqni "Sassuolo"ga 10 million evro evaziga sotib yubordi. Endilikda futbolchi rasman "Sassuolo" a'zosi hisoblanadi.