Benzema Fransiya TJga qaytishi mumkin, faqat buning uchun …

Eldor Akmurzayev
20 dek 2022, 08:45
Bu haqda “Footmercato” xabar bermoqda.

Unga ko'ra, “Real” forvardi Karim Benzema Fransiya terma jamoasiga qaytish ehtimoli bor. Bu Dide Desham lavozimini tark etib, uning o'rnini Zinedin Zidan egallasigina ro'y berishi mumkin.

Avvalroq, Fransiya futbol federatsiyasi rahbari Noel Le Grae yaqin kunlarda Desham bilan uning termadagi kelajagi borasida muzokalar olib borishini aytgandi. 54 yoshli mutaxassisning “uch ranglilar” bilan amaldagi shartnomasi shu yil oxirida tugaydi.

Eslatib o'tamiz, Benzema 19 dekabr kuni termadagi faoliyatini yakunlashini e'lon qildi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Footmercato