

Benitesning rafiqasining so'zlariga ko'ra, uning turmush o'rtog'i Joze Mourinyo ishlab ketgan jamoani boshqarayapti, ammo OAV bu so'zlarni boshqacha manoda ommaga taqdim etgan.
"Agar kimdir ayolimni tanimasa - u yuridik fanlari doktori. Unga bir nimalarni o'rgatishning hojati yo'q. U 25 savoldan iborat intervyu bergan va ulardan biri tushib qolgan. Ayolim shunchaki men Joze Mourinyo ishlab ketgan jamoani boshqarayotganimni aytgan. Qolgani safsata" - deydi Benites.
Ushbu so'zlardan so'ng, Mourinyo javob qaytargan. Jozening takidlashicha, Benites "Inter"ni vayron qilgan.



