"Benfika"ning appelyaciyasi rad qilindi

Mirjalol Normatov
25 fev 2026, 20:38
UEFA "Benfika"ning Janluka Prestianni diskvalifikaciyasi borasidagi appelyaciyaga rad javobini berdi.

Vinger "Real"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuborishi aniq bo'ldi.

O'tgan haftada "Benfika" o'z maydonida "Real"ga qarshi o'tish o'yinini o'tkazdi. Ushbu uchrashuv vaqtida madridliklar futbolchisi Vinisius Junior bosh hakam Fransua Leteksega Janluka Prestianni uni "maymun" deb ataganini aytdi. Ushbu holatdan keyin UEFA argentinalikni YCHLdan vaqtincha chetlatgandi.

UEFA o'z bayonotida futbolchi uchun berilgan jazo o'z kuchida qolganini ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/JacobsBen