

"Bryugge" klubi bosh murabbiyi Skott Parker rasman iste'foga chiqarildi. O'tgan yilning 31 dekabr kuni klubni qabul qilib olgan murabbiy yomon natijalar sabab ishdan ketdi. "Bryugge" Parker boshqaruvida 12 ta o'yinda ikkitasidagina g'alaba qozondi.
YCHL 1/8 finalida "Benfika"dan uchralgan 1:5 (umumiy hisobda 1:7) hisobidagi mag'lubiyat esa yakuniy nuqta bo'ldi.



