Benatia faoliyatini Turkiyada davom ettiradi

Alisher
31 iyul 2021, 11:05
"Yuventus" sobiq himoyachisi Mexdi Benatia Turkiya chempionatiga yo'l oldi.

Marokashlik futbolchi "Fatix Karagyumryuk" o'yinchisiga aylandi. Bu haqda Superliga klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Mexdi Benatia faoliyati davomida "Roma", "Yuventus" va "Bavariya" kabi top-klublarda o'ynagan. Turk jamoasi bilan bitim tafsilotlari oshkor etilmayapti.

34 yoshli Benatianing so'nggi ish joyi Qatarning "Al Duhayl" klubi bo'ldi, futbolchi arab jamoasida 2019 yildan beri o'ynayotgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: karagumruk.com