​Rasman: Benatia Qatar klubiga o'tdi

29 yanv 2019, 09:10
“Yuventus” himoyachisi Mexdi Benatia klubni tark etdi.

Marokashlik futbolchi faoliyatini Qatarning “Al-Duhayl” klubida davom ettiradi. Qatarliklar futbolchi uchun Turin klubiga 8 mln evro to'laydi. Pul joriy yilning oktyabriga qadar ikki bo'lib beriladi. Shuningdek, “Yuventus” bonus sifatida 2 mln evroga ega bo'lishi mumkin. Ma'lumot uchun, 31 yoshli Benatia “Yuventus”ga 2016 yilda o'tgandi. U joriy mavsum Italiya chempionatida 5 ta, YCHLda esa 1 ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Ал-Дуҳайл” расмий сайти