Benatia A Seriyaga qaytishi mumkin

Alisher
10 iyun 2021
"Al Duhayl" himoyachisi Mexdi Benatia Italiyaga qaytishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, o'yinchi bilan shartnoma imzolashga "Bolonya" qiziqish bildirmoqda.

Futbolchi oldinroq A Seriyada "Roma", "Udineze" va "Yuventus" klublari sharafini himoya qilgan.

Benati joriy mavsum Qatar chempionati doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushdi. O'yinchi 1 iyuldan erkin agentga aylanadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio