Benatia A Seriyaga qaytadi

Alisher
18 yanv 2021, 10:26
"Al Duhayl" himoyachisi Mexdi Benatia Italiyaga qaytishga yaqin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, marokashlik futbolchini "Parma" ijaraga oladi, bitimda uni xarid qilish huquqi ham ko'zda tutiladi. Qayd etish kerakki, bitim keyingi haftadayoq yopiladi.

33 yoshli Benatia "Al Duhayl"ga 2019 yilda 8 million evro evaziga o'tgandi. Himoyachi Italiyada "Yuventus"dan tashqari "Udineze" va "Roma" klublari sharafini himoya qilgan.

Mexdi joriy mavsum Qatar klubi safida 6ta o'yinda maydonga tushdi. Uning transfer narxi 3 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano