Belsa Paragvay terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi

Aziz Tukhtamuradov
23 apr 2014, 09:59
Atletik jamoasining sobiq bosh murabbiyi Marselo Belsa Paragvay futbol federatsiyasi taklifini rad etdi.

Bu haqida tashkilot vice-prezidenti Alexandro Dominges aytib o'tdi.

"Kecha ertalab Belsa menga qo'ng'iroq qilib, Paragvay terma jamoasini boshqara olmasligini aytdi", - deydi Dominges.

Eslatib o'tamiz, Belsa Marsel jamoasini boshqarish uchun rozilik bergan.

58 yoshli murabbiy bundan avval Chili va Argentina terma jamoalarini xam boshqargan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru