

Kecha "Krotone"ga qarshi o'yining 66-daqiqasida Belotti penaltidan gol urdi va mavsumdagi gollari sonini 25taga etkazib oldi. Shu tariqa, italiyalik futbolchi klubning sobiq vakili Benjamin Santosning natijasini takrorladi.
E'tiborlisi Santos 1950 yilda bir mavsumda "Torino" safida 25ta gol urgan. Yani Belotti 67 yildan buyon qayd etilmagan natijaga erishdi.




