Bellingem: "O'zimni shu er uchun yaralgandek his qilyapman"

Mirjalol Normatov
31 dek 2023
"Real" futbolchisi Jud Bellingem jamoasi nimani anglatishini aytdi.

"O'zimni shu er uchun yaralgandek his qilyapman. Menimcha eng yaxshi so'zlarni topdim.

Bunday katta klubda o'ynash imkoniyati hammaga ham berilmaydi. Sifat va mentalitet nuqtayi nazaridan doimo yuqori darajada bo'lish kerak. Chunki berilgan bu imtiyozdan unumli foydalana olish lozim. Har kuni mashg'ulotlarda qattiq mehnat qilishga va o'sishga harakat qilyapman.

"Real"ga o'tar ekansan, maqsad doimo sovrinlar yutish bo'lishi kerak. Buyuk futbolchilar, buyuk lahzalar, buyuk sovrinlar. Bu narsalarni tariximga qo'shishni istayman", - dedi Bellingem.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca