Belgiya bugun Daniyaga qarshi o'yinda Eriksenni o'zgacha uslubda qo'llab-quvvatlamoqchi

Aziz Tukhtamuradov
17 iyun 2021, 09:22
Bugun Evro-2020 doirasida Belgiya va Daniya terma jamoalari uchrashuvi o'tkaziladi.

Belgiyalik hujumchi Romelu Lukakuning aytishicha, jamoadoshlari bilan birga o'yinning 10-daqiqasida bundan bir necha kun oldin hushini yo'qotgan Kristian Eriksenni qo'llab-quvvatlash uchun akciya tashkil etishadi. 

"Biz o'yinni to'xtatish uchun to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuboramiz va qarsak chalamiz", - dedi "Inter"da Eriksen bilan birga o'ynaydigan Lukaku. 

Eslatib o'tamiz, Eriksen Daniya safida aynan 10-raqamda to'p tepadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Times