Belerin “Arsenal”dan ketishi mumkin

25 avg 2020, 09:55
U faoliyatini Parijda davom ettirishi kutilmoqda.

“Arsenal” himoyachisi Ektor Belerin PSJ qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. PSJ ayni damda qanot himoyachisi izlash bilan band. Klub short-listidan ispaniyalik futbolchi ham o'rin olgan.

O'tgan mavsum Ektor “Arsenal” safida APL doirasida 15 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi.

Uning “to'pchilar” bilan amaldagi bitimiz 2023 yil yoziga qadar tuzilgan. Avvalroq uning xizmatlariga “Yuventus”dan ham qiziqish borligi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: RMC Sport