Belarus chempionati. BATE safarda “Shaxtyor”ga yutqazdi. Umarov zaxiradan tushdi, Ubaydullaev esa …

Eldor Akmurzayev
10 may 2021, 00:35
Musobaqa 8-turidan o'rin olgan “Shaxtyor” – BATE bahsida o'yin taqdirini yagona gol hal etdi.

Birinchi taym o'rtalarida Dembo Darbo raqib darvozasini ishg'ol etib, jamoasiga 3 ochko keltirdi.

Borisovliklar safida Shohboz Umarov 76-daqiqada serbiyalik hujumchi Nemanya Milichning o'rniga maydonga tushdi.

“Shaxtyor”da harakat qilayotgan Shahzod Ubaydullaev esa bu safar ham o'yin qaydnomasiga kiritilmadi. U so'nggi bor asosiy jamoada 7 aprel kuni maydonga tushgandi. Ubaydullaev hozirda soligorskliklarning ikkinchi jamoasida o'ynamoqda. 

"Shaxtyor" – BATE 1:0 (1:0, 0:0)

"Stroitel"

Gol: 1:0 – 20 Darbo.

"Shaxtyor" – Gutor, Begunov, Filipenko, Xadarkevich, Shevchenko, Stasevich (Okeuxi, 13), Korzun, Szoke, Podstrelov, Kendish, Darbo (Debelko, 90).

BATE – Kudravec, Filipovich, Ribak, Filipovich, Volodko, Karasev (Signevich, 84), Yablonskiy (Villumsson, 73), Nexaychik, Dragun, Milich (Umarov, 76), Skavish.

Ogohlantirishlar: Yablonskiy (4), Milich (75), Okeuxi (87), Kendish (90).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia