Bekxem​ga Messi va Ronaldu kerak

Aslanov Jasurbek
17 mar 2019, 21:07
MLSda 2020-yildan paydo bo'ladigan “Inter Mayami” klubi rahbari Devid Bekxem​ o'z jamoasida qaysi futbolchilarni ko'rishni orzu qilishini aytdi.

“Hammaning o'zi mo'ljallab qo'ygan ro'yxati bo'ladi. Siz shunchaki, Messi va Ronalduning o'yinlariga e'tibor bering. Ularning yoshi o'tib bormoqda deb o'ylarsiz balki. Biroq, men buni ko'rmayapman. Ular hozir ham yuqori saviyadagi o'yinlarini namoyish etmoqda. Ular bir kun kelib jamoalarini tark etishini ko'rish og'ir bo'ladi. Ko'ramiz, futbolda oldindan bir narsa aytish qiyin. Men ularni ikkalasini ham o'z klubimda ko'rishni xohlardim.” – deydi Angliya terma jamoasining sobiq sardori.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports