Bekxem: "Ikki yil davomida "Manchester Yunayted" o'yinlarini ko'ra olmagandim"

Tolibjon Qosimov
1 noya 2013, 17:02
Angliya terma jamoasi sobiq sardori Devid Bekxem 2003 yil "Manchester Yunayted"dan ketganidan so'ng ikki yil davomida bu jamoa ishtirokidagi o'yinlarni ko'rmaganini aytib o'tdi.
"Manchester Yunayted"ga kelganimdan so'ng bu yerdan ketishni umuman istamaganman. Meni transferga qo'yishganida birinchi marta "Real" vakillari bilan gaplashgandim. Ikki yil davomida "Manchester Yunayted" o'yinlarini ko'ra olmaganman. Juda xafa edim. Bundan chiqib ketish juda qiyin bo'lgandi", - deydi Bekxem.

"Yoshligimdan orzu qilgan jamoada o'ynash imkonini bergan inson haqida yomon gap aytmoqchi emasman. Fergyuson menga ishonardi. Uning qo'l ostida 12 yil to'p tepganman. U eng zo'ri", - deydi Bekxem.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru