Beyl Ronaldu tufayli chap qanotda o'ynamoqchi emas

Aslanov Jasurbek
19 iyun 2015, 21:31
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl chap qanotda o'ynashni istamayapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, bu haqda futbolchining agenti Jonatan Barnett "Qirollik klubi" rahbariyatiga ma'lum qildi. Beyl hujumchi ortida o'ynashni istayapti.

Beyl o'ng qanotda o'zini qulay his qilmayapti, ammo chapda ham o'ynamoqchi emas. Ronaldu to'qqizinchi raqam joyida o'ynashni istamagani tufayli, Beyl ham chap qanotda harakat qilishni xohlamadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com