Beyl: "Keyingi mavsumda yanada kuchliroq o'ynayman"
Tolibjon Qosimov
2 iyun 2014, 16:26
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl keyingi mavsum yanada kuchli o'yin namoyish etishini ma'lum qildi.
"Real"da barchasidan qoniqayapman, keyingi yil yanada kuchliroq o'ynayman. Yana Chempionlar ligasini yutmoqchiman. "Real" ushbu musobaqada ketma-ket ikkinchi bor zafar quchgan ilk klubga aylanishini istayman", - deydi Beyl.