Baxtiyor Boboev: "Murabbiy va futbolchilarimizga ishonamiz"

Narzulla Saydullayev
20 fev 2014, 18:15
Matbuot anjumanida “Bunyodkor” FK Birinchi vice-prezidenti – Bosh direktori Baxtiyor Boboev kirib kelayotgan yangi mavsum bilan barcha-barchani muborakbod etdi.
- Jamoamiz tarkibida bir necha o'zgarishlar bo'ldi. Bir necha futbolchilar klubni tark etishdi, safimizga yangilar keldi. Futbolda bunday o'zgarishlar bo'lib turadi. Safimizga bazi tajribali futbolchilarni taklif etdik. Ular klubimiz akademiyasidan yetishib chiqayotgan yoshlarimizga tajriba to'plashda asqotadi. Yangilarni qabul qilishda nafaqat ularni statistik ma'lumotlari va videoroliklarini, balki nazorat uchrashuvlarida ham sinchikovlik bilan kuzatdik. Umid qilamizki, ular jamoa manfaati uchun o'z hissalarini qo'shadilar. Bu mavsum oldidan jamoamizning o'rtacha yoshi anchayin kichrayganini aytib o'tishim lozim. Jamoa oldiga har doimgidek yuqori vazifalar qo'yilgan. O'tgan yilgi natijalarimizdan ham yaxshiroq ko'rsatkichlar qayd etishga harakat qilamiz. Osiyo Chempionlar ligasi startiga ham qisqa vaqt qoldi. Guruhimizdan judayam kuchli jamoalar o'rin olgan. Biroq biz murabbiy va futbolchilarimizga ishonamiz, - deydi Baxtiyor Boboev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com