Baxtiyor Ashurmatov: "Guliston" oliy ligada qolish uchun kurashadi"

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2013, 23:15
Paxtakor - Guliston uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.
“Bugun asosiy tarkibning 7 nafar a'zosi, shu jumladan ikkita hujumchimiz Alisher Shog'ulomov va Nosir Otaqo'ziev maydonga tushishmadi. Boshidanoq hujum qilishga kuchimiz yetmadi. “Paxtakor” haqli g'alabaga erishdi. Jamoaga keyingi o'yinlarda omad tilayman”, - deydi Ashurmatov.

- Jamoa ikkinchi davrada qanday holatda bo'ladi?

- Huddiki “Guliston” faqat muxlislar va jamoa vice-prezidenti Alisher akaga kerakdek. Jamoa tang ahvolda buning uchun muxlislarimizdan uzr so'rayman. Xozir hattoki ikkinchi davra oldidan nima qilishimizni ham bilmayman. Balki asosiy tarkibdagilarni qo'yvorib boshqatdan yoshlardan jamoa tuzarmiz.

- Balki jismoniy holatlaringiz ham pasayish bo'lgadir?

- Ko'plab o'yinchilarimiz jarohat tufayli bizga yordam bera olishmayapti. Ulardan ikki nafari jarrohlik stoliga yotdilar. Mana “Paxtakor”da ham JCH tufayli yo'qotish bo'ldi va jamoa ochkolarni yo'qotdi.

- Demak jamoani vazifasi endi oliy ligada qolish bo'ladi. Shundaymi?

- Ha. Agar bu ishni uddalay olsak yaxshi bo'lar edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia