Bunday liga tashkil etilishining ijobiy va salbiy jihatlari borasida bildirilayotgan turli-tuman fikr va mulohazalar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Shu boisdan biz ham yetakchi jamoalar uchun milliy chempionat tarzida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan yangi liga haqida biroz so'z yuritishga qaror qildik.
Kuni kecha bo'lib o'tgan nemis klassiko si yana bir bor ko'rsatib berdi-ki, bugungi kunda Germaniyada “Bavariya”ga tenglasha oladigan klub yo'q. “Golivud FK”ning bundesliga doirasidagi 38 o'yindirki mag'lubiyatga uchramay kelayotgani ham Myunxen super-klubining boshqa jamoalarga nisbatan ancha ilgarilab ketganidan dalolat berib turibdi. Ko'pchilik muxlislarning fikricha “Borussiya D”ni mag'lubiyatga uchratgach “Bavariya” chempionlik masalasini o'zi uchun ijobiy xal qilib bo'ldi. Xolbuki birinchi davraning 13 turi nihoyasiga etdi, xolos. Aynan shuni inobatga olgan holda ko'plab Germaniyalik muxlis va mutaxassislar “Bavariya”ning tashkil etilishi kutilayotgan yangi ligada ishtirok etishiga ijobiy fikr bildirmoqdalar. Agar shu narsa amalaga oshgudek bo'lsa, Germaniya chempionatidagi intriga biroz bo'lsa ham oshishi mumkinligi takidlanmoqda. “Qizillar”dan boshqa barcha jamoalarning darajalari deyarli bir xil ekanini inobatga olsak, bu to'g'ridek…
Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham borki, undan also ko'z yumib bo'lmaydi. Nemis ligasida bo'lib o'tadigan uchrashuvlar orasida eng ko'p muxlis “Bavariya” ishtirokidagi o'yinlarga tashrif buyurishi hammaga ayon. Qolaversa, aynan mana shu jamoaning borligi bois ham bundesliga uchrashuvlarining translyatsiyalari dunyoning ko'plab mamlakatlarida tomoshabinlar audiotoriyasini yig'a olmoqda. Shu sababdan ham nemis klubining ushbu ligada ishtrok etishi borasida aniq bir to'xtamga kelinganicha yo'q. Aslini olganda bunday liganing tuzilishi yoki tuzilmasligi halihamon ochiqligicha qolmoqda. Yangi liganing tashkil etilishi moliyaviy tomondan juda katta foyda keltirishi, bor gap. Biroq, uning faoliyat yuritishi milliy chempionatlar hamda Chempionlar Ligasi kabi turnirlarning nufuzini keskin tushurib yubormasmikan..?
Kuzatamiz, voqealar qanday rivojlanar ekan…
Zoxirjon Akramxonov