“Bavariya”ning 4 futbolchisida koronavirus aniqlandi

Eldor Akmurzayev
2 yanv 2021, 08:45
Bu haqda myunxenliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko'ra, darvozabon Manuel Noyer, himoyachi Omar Richards va yarim himoyachilar Kingsli Koman hamda Korenten Tolissoning COVID-19'ga topshirgan testi ijobiy natija bergan. Ularning barchasi o'zini yaxshi his etmoqda va ehtiyot shart uy karantiniga olingan.

“Qizillar” 2 yanvarda jamoviy mashg'ulorlarga qaytmoqchi edi, ammo endi klubning barcha xodimlari 3 yanvar kuni qayta testdan o'tadigan bo'lishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru