

Parijliklar hujumchilari o'yinini Goal.com nashri 10 ballik tizimda 4ga baholadi – jamoaning hech bir futbolchisi bundan past ball olmagan. "O'yinga butkul ta’sir qilmagan duet", – saytda juftlikning o'yiniga shunday tarif berildi.
Shuningdek, Ashraf Xakimi, Nunu Mendesh, Uorren Zair-Emeri va Marko Verratti ham 4 ballga loyiq ko'rilgan.
Karlos Soler, Markinos va darvozabon Janluidji Donnarummaga 5, Danilu Pereyraga esa 6 ball qo'yilgan. Bu borada PSJda eng yuqori ko'rsatkich himoyachi Serxio Ramosda – 10/7.



