"Bavariya" yanvarda Pavarni "Inter"ga sotishdan bosh tortgan
Sherzod Nurmatov
9 fev 2023, 13:59
"Inter" yanvar oyida "Bavariya" himoyachisi Benjamen Pavarni safiga qo'shib olmoqchi edi.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, Myunxen klubi milanliklar taklifini rad etgan. Bu ma'lumotni "Bavariya" sport direktori Hasan Salixamijich manbaga tasdiqladi.
Pavarning myunxenliklar klubi bilan amaldagi bitimi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.