Bavariya Xames bilan kelishib oldi va uni "Real"dan 42 mln evroga sotib oladi

Omonjon To`xtamirzayev
29 sen 2018, 13:50
Yarim himoyachi Xames Rodriges, katta ehtimol bilan "Bavarii"da qoladi.

Nemis klubi kolumbiyalik futbolchi va uning agenti Jorje Mendesh bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi, deya xabar bermoqda Kicker.

Xames "Bavariya"da ijara asosida harakat qilmoqda. Kelishuv 2019 yilning 15 iyuniga qadar amal qiladi, ammo myunxenliklar Rodrigesni 42 million evro evaziga "Real"dan sotib olish huquqiga ega.

Bu mavsum futbolchi 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. Shuningdek, Chempionlar Ligasi doirasida "Benfika"ga qarshi uchrashuvda (2:0) Xames golli uzatma etkazib berishni uddaladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Football Espana