

"Bavariya" jarohat olgan va mavsum oxirigacha maydonga tusha olmaydigan Manuel Noyer o'rniga shveytsariyalik posbonni xarid qilmoqchi. Ma'lumotlarga ko'ra, Zommer qishda Myunxen klubiga o'tib, yozda Angliyaga ko'chib ketishi mumkin. 34 yoshli posbonga MYU ham ko'z tikkan.
Zommerning "Borussiya" bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi, ammo klub o'z asosiy darvozabonini tekinga berib yubormoqchi emas va u uchun 5 mln. evro talab qilmoqda.



