"Bavariya" va APLning uchta top klubi Adama Traorega da'vogar

Alisher
8 iyun 2020, 12:20
"Vulverxempton" yarim himoyachisi Adama Traore yozda klubini o'zgartirishi mumkin.

Xabarlargar ko'ra, ispaniyalik futbolchiga Yevropaning to'rtta top-klubi da'vogarlik qilmoqda.

Gap "Bavariya", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Liverpul" klublari haqida ketmoqda. Transfermarkt Traoreni 25,5 million evroga baholagan.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 38ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: le10sport.com