"Bavariya" "Real" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Mirjalol Normatov
18 iyul 2023, 23:12
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoasining tayanch yarim himoyasini "Real" futbolchisi orqali kuchaytirmoqchi.

"Sport1" ma'lumotiga qaraganda, Orelen Chuameni ayni damda "Bavariya" qiziqishlari doirasida. Klublar o'rtasida suhbatlar ham bo'lib o'tgan. Bungacha "Bavariya" Sofan Amrabat hamda Edson Alvaresning variantlarini ko'rib chiqqan, biroq ular maqul kelmagan.

O'z navbatida Chuamenining o'zi ham transferga qarshi emas. Chunki "Bavariya" unga asosiy futbolchi bo'lishini kafolat bermoqda. Bir yil oldin fransiyalik futbolchi "Monako"dan "Real"ga 80 mln evro evaziga o'tgandi. "Qirollik klubi" tarkibida u 50 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport1