"Bavariya" prezidenti Sane haqida: "U Nike butsalarida o'ynaydi. Agar u bizga o'tsa, Adidas'ning afzalliklari haqida bilib oladi"

Alisher
1 iyun 2020, 12:33
"Bavariya" prezidenti Gerbert Xayner "Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sanening Myunxen klubiga o'tishi haqida gapirdi.

"Sane shubhasiz maydondagi o'yinisiz ham qiziqarli inson. U shuningdek mashhur yosh futbolchilardan hamdir.

U Nike butsalarida o'ynaydi. Agar "Bavariya"ga o'tsa, Adidas'ning afzalliklari haqida bilib oladi", - deydi Xayner.

Eslatib o'tamiz, bundan bir necha yillar oldin Gyotce "Bavariya" bilan tanishtiruv marosimiga Nike futbolkasida tashrif buyurgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/iMiaSanMia