"Bavariya" "Portu" vingeriga qiziqish bildirmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
7 iyun 2024
"Portu" va Portugaliya termasi hujumchisi Fransishku Konseysau "Bavariya"ning yozgi maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Myunxenliklar portugaliyaliklarga ushbu qiziqishlari haqida ma'lum qilib ulgurishgan.

15 iyul sanasigacha Konseysauni 30 million evroga sotib olish mumkin. Futbolchi atrofidagi vaziyatni "Borussiya" va "RB Leyptsig" ham kuzatib bormoqda.

Joriy mavsum Konseysau barcha musobaqalarda 43 o'yinda maydonga tushdi va 8 ta gol urib, shuncha golli uzatma etkazib berdi. 

"Transfermarkt" portali 21 yoshli vingerning transferini 22 million evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: record.pt