"Bavariya" o'z rekordini takrorladi

Aslanov Jasurbek
18 okt 2021, 00:03
Myunxenning "Bavariya" klubi Bundesliganing 8-turida "Bayer"ni mag'lub etdi (5:1).

Myunxenliklar chempionatning dastlabki sakkiz o'yinida jami 29 ta gol urishdi.

Shu tariqa "Bavariya" Bundesliganing 1976/77 yilgi mavsumdagi o'zlari tomonidan o'rnatilgan rekordini takrorladi.

Keyingi turda Yulian Nagelsmann shogirdlari "Xoffenxaym"ni qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports