“Bavariya” Noyer bilan kelishib oldi

Eldor Akmurzayev
22 apr 2020, 21:50
Germaniyalik tajribali kiper Manuel Noyer jamoa bilan yangi shartnoma imzolaydi.

Myunxenliklar rahbariyati Noyer bilan hamkorlikni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishganligi aytilmoqda. Qayd etilishicha, 34 yoshli darvozabon bilan bitim 2023 yilga qadar uzaytiriladi. 

Noyer joriy mavsum Bundesligada 25 o'yinda qatnashib, 10ta bahsni quruq o'tkazdi.

Avvalroq, “qizillar” Tomas Myuller hamda Alfonso Devis bilan shartnomani uzaytirgani haqda xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football24