"Bavariya" navbatdagi ikki o'yinini muxlislarsiz o'tkazadi

Mirjalol Normatov
10 okt 2020, 15:34
"Bavariya" yaqinlashib kelayotgan ikki uy o'yinini muxlislarsiz o'tkazadi.

Qayd etilishicha, Myunxen shahri rahbariyati stadionlar minimum 25 oktyabrga qadar muxlislar uchun yopilishi borasida qaror chiqardi.

"Bavariya" 21 oktyabr kunida YCHL doirasida "Atletiko", 24 oktyabrda esa "Ayntraxt"ga qarshi o'yinlarda qatnashishi kerak edi.

Avgust oyida Bundesliga o'yinlari kamida noyabr oyi boshiga qadar muxlislarsiz o'tishi borasida xabarlar tarqagandi.

Shu bilan birga UEFA YCHL o'yinlarida stadionlarning 30 foizi muxlislar bilan to'lishiga ruxsat bergandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild